Oʻzbekiston Prezidenti MDHning norasmiy sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 20-dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtadigan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar rahbarlarining anʼanaviy norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.
Tuzilmaga aʼzo davlatlar yetakchilari MDH doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.
Hamdoʻstlikning oktabr oyida oʻtgan Ashxobod sammitida qabul qilingan qarorga muvofiq, 2020-yilning 1-yanvaridan MDHda Oʻzbekiston Respublikasi raislik qiladi.